AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda IIBga olib ketilgan fuqaroning vafot etgani yuzasidan viloyat SSB va IIBga xizmat tekshiruvi tayinlandi

'Qashqadaryoda IIBga olib ketilgan fuqaroning vafot etgani yuzasidan viloyat SSB va IIBga xizmat tekshiruvi tayinlandi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda IIBga olib ketilgan fuqaro o`lik holda qaytarilgani borasida xabarlar tarqalgani yuzasidan viloyat IIB tomonidan tekshiruv o`tkazilayotgani haqida xabar qilingan edi. 

Ayni paytda holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lumot berdi.   

Aniqlanishicha, 25 iyul kuni Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan yashash uyidan mast holda olib ketilgan va viloyat narkologiya dispanseriga yotqizilgan Nursoat Muxammadiev 26 iyul vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Marhumning o`lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, N.Muxammadievni viloyat dispanserida vafot etganligi hodisasi bo`yicha viloyat Sog`liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Eslatib o`tamiz, Qoraqalpog`istonda ichki ishlar bo`limida kaltaklangan fuqaro vafot etgani xabar qilingan va holat yuzasidan IIV Matbuot kotibi munosabat bildirib, IIB xodimi xatti-harakatlarida qonunbuzilish sodir etilmaginin ma`lum qilgan edi. 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ham fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib o`ldirilgani haqida xabar qilingan edi va mazkur holat Senat nazoratiga olingan.

Mavzuga doir:

Qibrayda 24 yoshli  yigit bir xonadonda 5 kishini vahshiylarcha o`ldirgani bo`yicha jinoyat ishi ochildi. 

    Boshqa yangiliklar