Joriy yilning 1 avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumanida ro`y bergan yong`in soat 18:20 larda bartaraf etilgan haqida xabar bergan edik.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Zomin tog`larida yana yong`inmi?" sarlavhali xabarlar tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga izoh berdi.
"Joriy yilning 1 avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumanida ro`y bergan yong`in soat 18:20 larda bartaraf etilgan bo`lib, hozirda hududda yong`indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilayotganligini ma`lum qilamiz.
Hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari faoliyat yuritmoqda. Vaziyat to`liq nazorat ostida",–deyiladi FVV xabarida.