AsosiyJamiyat

Samarqandda "Captiva" yonib ketdi

'Samarqandda "Captiva" yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 3 avgust kuni soat 16:20 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Mirzo Ulug`bek ko`chasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida to`xtab turgan "Captiva" rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan.  

YHXBBning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobilga zarar etgan.

"Mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz.",— deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar