Avvalroq, bugun, 3 avgust kuni Prezident ishtirokida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tgani haqida ma`lum qilgandik. Bugungi kunga qadar respublika Shtabiga tadbirkorlardan 10 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushgani, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Viloyatlar kesimida olsak:
Toshkent shahridan – 1 ming 150ta, Toshkent viloyati – 950 ta, Qashqadaryo – 930 ta, Surxondaryo – 920 ta, Samarqand – 900 ta, Andijon – 880 ta, Namangan – 850 ta, Farg`ona – 820 ta, Buxoro – 740 ta, Xorazm – 680 ta, Jizzax – 560 ta, Sirdaryo – 470 ta, Navoiy – 345 ta va Qoraqalpog`istondan – 420 ta murojaat.
Ularda ko`tarilgan masalalarning 8mingdan ortig`i yoki 86foizi shaxsiy masalalarga oid bo`lib (kredit va subsiyadiya ajratish, bo`sh binolarni ijaraga olish, infratuzilmaga ulanish, soliq qarzdorligi, xususiy mulk himoyasi), hozirgi kungacha ularning yarmi joylarda hal etilgan.
“Shunday bo`lsada, “Koll markazlar”ga kuniga 1 mingtagacha murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar bo`yicha qamrovni yanada kengaytirish maqsadida, murojaatlarni qabul qilish 10 avgustga qadar davom etadi.Shuningdek, 31 ta vazirlik va idora rahbarlari o`rinbosarlari hokimlar bilan birga, murojaatlarni tezkorlik bilan hal etishga shaxsan mas`ul bo`ladi.Hech bir murojaat o`z holiga tashlab qo`yilmasligi, Bosh vazir virtual qabulxonasida elektron ro`yxatga olinishi va nazorat qilinishi kerak”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
O`tgan 6 oyda iqtisodiy ko`rsatkichlarimiz oshgan. Qaysi tarmoqlar hisobiga?
Prezident topshirig`i: Hududlarda millionlab daraxt ko`chatlari ekiladi






