AsosiyJamiyat

Navoiy shahridagi "zapravka“da "Labo” yonib ketdi

'Navoiy shahridagi "zapravka“da "Labo” yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 6 avgust kuni soat 09:21 da Navoiy shahar “Kimyogar” MFY A.Temur ko`chasida joylashagan “Zarafshon Fayz Oil” MJChga qarashli AGTKShdan yoqilg`i quyib chiqish vaqtida “Labo” rusumli avtomobilda yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Yong`inni o`chirishga 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong`in soat 09:23da o`rab olinib, soat 09:25da batamom o`chirilgan. Yong`in natijasida avtomobilning motor, salon, kuzov qismlari va avtomobil shinalari yongan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.

Xozirda mutaxasislar tomonidan yong`in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar