AsosiyJamiyat

Zangiotada bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berilayotgani aniqlandi

'Zangiotada bolalarga noqonuniy diniy ta`lim berilayotgani aniqlandi'ning rasmi

2021 yil 26 iyul kuni, Zangiota tuman IIB TEQKB xamda IIB XPB xodimlari tomonidan tezkor o`tkazilgan tadbir davomida 2021 yil iyun oyi boshidan xozirgi kunga qadar  24 nafar  voyaga etmagan  va 1 nafar voyaga etgan bolalarga “Arab alifbosi”, “Tajvid” “Qur`on Karim”dan sura va oyatlaridan diniy saboq  berib kelinayotgan “Xujra” aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, bu ish 1996  yil 9 noyabrda Toshkent shahrida tug`ilgan, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus, muqaddam sudlanmagan, bo`ydoq,  Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chamanzor maxallasi, Dongdor ko`chasi 2-uyda ro`yxatda turib yashovchi  Sayidazimov Abduqayum Ortiqxo`ja o`g`li tomonidan amalga oshirib kelingan. 

Xabarda aytilishicha, xolislar ishtirokida ushbu xonadondan 18 dona “Qur`on Karim” va 6 dona “Muallimi soniy” kitoblaridan daliliy ashyo tariqasida olingan. Hozirda holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib olingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar