Toshkentda bir fuqaronining ishonchiga kirib, uni Koreyaga yuborishni va`da qilib, 3000 dollarni o`zi uchun sarflab yuborgan firibgar aniqlandi.
Toshkent shahar IIB ning ma`lum qilishicha, Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2019 yilning fevral oyida 51 yoshli Bahromjon M. 23 yoshli Jasurbek M.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy koreyaga jo`natishni va`da qiladi.
O`z «xizmatlari» uchun esa undan 3.000 AQSh dollar olib, va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi («Firibgarlik») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.