Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 avgust kuni soat 16:37da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zomin milliy tabiat bog`i hududida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida zudlik bilan FVV yong`in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga etib borishgan va soat taxminan 18:20larda yong`in to`liq bartaraf etilgan.
Yong`inni o`chirishda FVVning 55 nafar yong`in-qutqaruvchilari ishtirok etgan. Yong`in natijasida 10 sotix maydon yonib zararlangan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.