Oltinko`l va Xonobodda fuqarolarga er olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Kadastrlar palatasi Oltinko`l tuman bo`limi boshlig`i M.A. fuqaro U.ga S.Ashurov massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 1 gektar er maydonini 50 000 AQSh dollari evaziga yakka tartibda 20 ta turar joy kottejlarini qurish uchun hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib olib berishni va`da qilib, oldindan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xonobod shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.J. boshqa bir fuqaro R.ga Qo`rg`ontepa tumani “Markaziy dehqon bozori” oldidagi 13 m.2 er maydonini tanishlari orqali egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olib berish evaziga 5 000 AQSh dollari va 50 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilindi.