AsosiyJinoyat

Yunusobodda ham "Remdesivir" ni noqonuniy tayyorlab sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Yunusobodda ham "Remdesivir" ni noqonuniy tayyorlab sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Avvalroq  Yakkasaroy tumanida "Remdesivir" dori maxsulotini noqonuniy sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olingani haqida xabar bergan edik. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma`lum qilishicha, Yunusobodda ham "Remdesivir" ni noqonuniy tayorlab sotmoqchi bo`l bir guruh shaxslar aniqlangan.

DSQning Yunusobod tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.A. va boshqalar oldindan til biriktirib “Bactopraz-S” dori vositasi yorlig`ini o`zgartirish orqali tayyorlangan qalbaki “Pandovir 100 (Remdesivir)”dori vositasini har birini 500 ming so`mdan hisoblab, to`lovni AQSh dollarida amalga oshirishga kelishib, 100 dona qalbaki “Pandovir 100 (Remdesivir)” dori vositasini 4 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tadbir davomida yuqoridagi dori vositalari Chilonzor tumani, Muqimiy ko`chasidagi xonadonlardan birida tayyorlanganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 23 turdagi qalbaki dori vositalari hamda 500 dona yorliqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holat yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o`tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar