Buxoroda 10 000 dollarga er olib bermoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.
Departamentning Buxoro shahar bo`limi, DXX hamda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tadbirda, fuqaro I.S. boshqa bir fuqaro S.ga vakolatli tanishlari orqali Buxoro shahrida ko`p qavatli uy-joy qurish uchun er maydoni ajratib berishni va`da qilib, evaziga firibgarlik yo`li bilan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.