AsosiyJinoyat

Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosari jinoyat ustida qo`lga olindi

'Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosari jinoyat ustida qo`lga olindi'ning rasmi

Qo`qon shahar hokimining birinchi o`rinbosari A.N. jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda  “Xabar.uz” ma`lum qildi.

Unga ko`ra, mansabdor Qo`qon mintaqaviy temir yo`l uzeli moliya bo`limi boshlig`i o`rinbosari O.M. bilan birga ushlangan.

Aytilishicha, ikki mansabdor jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yo`l uzeli balansida bo`lgan 2,5 gektar er maydonidagi bino va inshootlar bo`yicha o`tkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilgan.

Talab qilgan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olingan.

Dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar