AsosiyJamiyat

Andijonda Damas avtomashinasi zovurga tushib ketdi

'Andijonda Damas avtomashinasi zovurga tushib ketdi'ning rasmi

 Asakada Damas zovurga tushib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun soat 12:40 larda, Andijon viloyati, Asaka tumani, "Kuchgan" MFY hududidan o`tgan ichki avtomobil yo`lida haydovchi, 1959 yilda tug`ilgan A.M. "Damas" avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil yo`ldan chiqib ketib zovurga tushib ketgan.

Natijada, yo`lovchi, 1987 yilda tug`ilgan B.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda avtomobilni zovurdan chiqarish choralari ko`rilib, YTH yuzasidan Asaka tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda YHXBB barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.

Boshqa yangiliklar