Toshkent shahar hokimi “Yangi tariflar joriy qilinishi to`g`risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko`ra, joriy yilning 1 aprelidan yo`nalishsiz taksilarda yo`lovchilarni tashishda yo`lkira haqining cheklangan narxi bosib o`tilgan 1 km masofa uchun quyidagicha belgilansin:
“Ekonom klass” toifasidagi (“Matiz”, “Spark”, “Neksiya” rusumli) avtomobillari uchun – 600 (olti yuz) so`m;
“Biznes klass” toifasidagi (“Kobalt”, “Lasetti”, “Epika” rusumli) avtomobillari uchun – 900 (to`qqiz yuz) so`m;
Jumladan yo`lovchilarga yo`l haqini to`lashda qulayliklar yaratish maqsadida yo`nalishli taksilarda yo`lkira haqlari miqdori 100 (yuz) so`mgacha yaxlitlashtiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar beradi.
Shuningdek jamoat transportidan foydalanishda quyidagi tariflar belgilangan:
Shahar yo`lovchi tashish transporti – avtobus, tramvay va metroda yurish uchun cheklangan tariflar:
Bir yo`lovchi uchun – 1200 (bir ming ikki yuz) so`m;
Bir yo`lovchining bagajini tashish bo`yicha xizmat uchun – 2400 (ikki ming to`rt yuz) so`m;
Er usti transporti – avtobus va tramvayda yurish uchun oylik yo`l chiptalarining narxlari:
“A” seriyasidagi umumiy oylik yo`l chiptasi - 120000 so`m;
“N” seriyasidagi nafaqadorlar uchun oylik yo`l chiptasi – 60000 so`m;
“T” seriyasidagi talabalar uchun oylik yo`l chiptasi – 60000 so`m;
“O`” seriyasidagi o`quvchilar uchun oylik yo`l chiptasi – 60000 so`m;
“AVTOBUS” seriyasidagi oylik yo`l chiptasi – 96000 so`m;
Shuningdek, yo`nalishli taksi yo`nalishlarida bitta yo`lovchini 1 km masofaga tashish uchun cheklangan tarif qo`shimcha qiymat solig`i bilan qo`shib hisoblaganda – 130 (bir yuz o`ttiz) so`m, yo`nalishli taksilarning masofasi 11,5 km dan kam bo`lgan yo`nalishlarda yo`lkira haqining eng kam miqdori – 1500 (bir ming besh yuz) so`mdan kam bo`lmagan miqdorda;