Bugun O`zbekiston Ekologik partiyasining III – S`ezdida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi Narzullo Naimovich Oblomurodov nomzodi ko`rsatilishi haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek ,nomzodning saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
Oblomurodovning “Biz kelajak uchun javobgarmiz” saylovoldi dasturi bosh shiori e`lon qilindi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur saylovoldi dasturda asosiy e`tibor bir qator ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining ekologik madaniyatini rivojlantirish kabi masalalarga qaratilgan.
Shu bilan birga ularda quyidagilar:
- Energiya samaradorligiga erishish;
- “Yashil” taraqqiyot tamoyillarini joriy etishda samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- Chiqindilar va ularni qayta ishlash masalasida kompleks yondashuv kabi masalalar o`rin olgan.