Rossiya Federasiyasi hududidagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarini kasb-hunar va rus tiliga o`qitish ishlarini o`rganish maqsadida ushbu davlatga tashrif buyurgan Ishchi guruhi Moskva shahrida "Krost" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi xabar berdi.
Uchrashuvda mazkur kompaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 123 nafar yurtdoshimizni rus tiliga o`qitish bo`yicha kelishib olgan.
Shu kunning o`zida tashkil qilingan guruh uchun Rossiya Xalqlar do`stligi universiteti dasturi asosida rus tilini o`qitish bo`yicha birinchi dars boshlangan.