Yangihayot tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlanishicha, xususiy uylardan birida 20 yoshli Muhammad Q., tegishli ruxsasiz voyaga etmaganlar uchun diniy adabiyotdan foydalangan holda dars o`tgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, voqea joyidan diniy adabiyot, DVD-disk va mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 241-moddasiga (“Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish”) ko`ra hujjatlar to`planib, sudga jo`natilgach, sud Muhammad Q. ga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi belgilangan.