AsosiySiyosat

“Tolibon”ning matbuot kotibi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga maktub yo`lladi

'“Tolibon”ning matbuot kotibi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga maktub yo`lladi'ning rasmi

 O`zbekiston Afg`onistonda tinchlik o`rnatish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning konstruktiv rolini Afg`onistonning hozirgi rahbariyati ham tan oladi. Afg`oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a`zosi va “Tolibon” harakati siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O`zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o`z rahbariyati nomidan tabrik maktubi yo`llagani buning dalilidir.

Maktubda shunday deyiladi:

– Birodar O`zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Biz qo`shni O`zbekiston bilan samarali va do`stona munosabatlar o`rnatishni xohlaymiz. O`zbekiston ishtirokida Afg`onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, temir yo`l va elektr uzatish tarmoqlarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz. Afg`oniston Islom Amirligi tomonidan o`zbek sheriklarimizga bu yo`nalishda barcha zarur yordam ko`rsatiladi.

Muhammad Suhayl Shahin,

Afg`oniston Islom Amirligining muzokaralar guruhi a`zosi va siyosiy idora matbuot kotibi

    Boshqa yangiliklar