2021 yil 29 avgust kuni soat 22:00larda, Qarshi tumani «Paxtazor» mahallasida yashovchi nafaqaxo`r T.O. nabirasi O.G`. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolib, bobo nabirasini chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib tan jarohati etkazgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, G`.Olimov tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan ishi qo`zg`atildi.