AsosiyJamiyat

Toshkentda kamida 60 gektarlik attraksionlardan xoli bo`lgan istirohat bog`lari quriladi

'Toshkentda kamida 60 gektarlik attraksionlardan xoli bo`lgan istirohat bog`lari quriladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko`ra, Toshkent shahar umumiy maydonining ko`kalamzorlashtirilishi 2023 yilgacha 30%ga etkaziladi, bu shahar va tumanlar hokimlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanadi. Daraxt ko`chatlari ilmiy-tadqiqot natijalariga ko`ra iqlimga moslari tanlab olinadi.

Toshkent shahrining kamida 60 gektar er maydonida attraksionlardan xoli bo`lgan jamoat istirohat bog`i hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bog`lari tashkil etiladi.

Toshkent shahar istirohat bog`lari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.

Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu borada kelasi yil huquqiy eksperiment o`tkaziladi.

2021 yil kuz va 2022 yil bahor mavsumlarida Toshkent shahrida 1 mln tup ko`chat ekiladi. Aksiya o`tkaziladi.

Toshkentda 2021–2022 yillarda 1500 ta quduq qaziladi. Ushbu maqsadlarga 225 mlrd so`m sarflanadi.

Poytaxtda 131 km uzunlikda piyodalar yo`laklari, 127 kilometr veloyo`laklar quriladi. Ushbu maqsadlarga 62 mlrd so`m sarflash rejalashtirilgan.

Toshkent shahri mahallalarida 12 ta sayilgoh va 25 km uzunlikda veloyo`lak quriladi. Bunga 30 mlrd so`m sarflanishi ko`zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar