AsosiyJamiyat

Rossiyada vafot etgan o`zbek fuqarosining jasadi vataniga qaytarildi

'Rossiyada vafot etgan o`zbek fuqarosining jasadi vataniga qaytarildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasida O`zbekiston Respublikasi fuqarosining vafot etgani, 3 nafar farzandi va opasi qiyin ahvolda qolgani hamda uning jasadini vatanga qaytarish uchun mablag` yo`qligi sababli yordam so`ralgani haqida xabarlar tarqaldi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining xabar qilishcha, holat nazoratga olingan va O`zbekistonning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan o`rganishlar natijasida quyidagilar ma`lum bo`lgan.

1982 yilda tug`ilgan, 14 yildan buyon ushbu davlatda yashab kelayotgan fuqaro O.Yo. sog`lig`i yomonlashgani oqibatida 2021 yilning 5 sentyabr kuni vafot etadi.

Marhumning qarindoshlari jasadni O`zbekistonga jo`natish uchun mablag` so`rab blogerlarga murojaat qilmagan.

Vafot etgan fuqaro bilan bog`liq barcha tashkiliy masalalar hal etilib, uning jasadi va qarindoshlari bugun O`zbekistonga olib kelindi.

Boshqa yangiliklar