Ijtimoiy tarmoqda Asaka tumanida "Cobalt" hamda "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo`lishi bilan bog`liq xabarlar tarqaldi.
Ma`lum bo`lishicha, 8 sentyabr kuni soat 07:30larda Andijon viloyati, Asaka tumani, Karvonsaroy va Shinam ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan J.X. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan M.R. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
Natijada, transport vositalariga moddiy zarar etgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiriv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
"Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz", — deyiladi YHXBB xabarida.