Ijtimoiy tarmoqlarda o`quvchi qizlar tomonidan uyatli so`zlar orqali so`kinib tasvirga olingan video tarqaldi.
Navoiy viloyati IIB mazkur holatga aniqlik kiritdi.
Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur o`quvchi qizlar Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o`quvchlari 2005 yilda tug`ilgan J.A. T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.
Holat yuzasidan Navoiy shahridagi 10-sonli maktab direktori, o`quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shaxar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi. Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan va ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishgan.