AsosiyJinoyat

Namanganda erkak qo`shni ayolning xonadonida o`zi bilan otamlashib o`tirgan tanishini pichoqladi

'Namanganda erkak qo`shni ayolning xonadonida o`zi bilan otamlashib o`tirgan tanishini pichoqladi'ning rasmi

Davlatobod tumanida spirtli ichimlik ichish jinoyatga sabab bo`ldi.  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qlinishicha, joriy yil 7 sentyabr kuni soat 23:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2014 yilda O`z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan sudlangan, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro A.R. mastlik holatida 1986 yilda tug`ilgan tanishi B.N.ni pichoqlab qo`ygan. 

Ular birgalikda qo`shnisi, 1968 yilda tug`ilgan ayolni yashash xonadonida spirtli ichimlik iste`mol qilishadi, shundan so`ng, mast holda o`zaro janjallashib qolib, fuqaro A.R. qo`lida bo`lgan osh pichoq bilan B.N.ni bo`yin soxasiga bir marotaba urgan.

Natijada, B.N. og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 7 sentyabr` kuni O`z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

 

 

 

    Boshqa yangiliklar