Savolga Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori virusolog-psixolog Sohiba Utegenova javob beradi.
- Insonni uning ruhiyati boshqaradi. Xuddi shunday vaksina jarayoniga ongingiz va ruhiyatingiz qanday munosabatda bo`lishi muhim. Aytaylik, oddiy igna sanchilish jarayonidan ham qo`rqadiganlar uchraydi. Natijada haddan ziyod hayajondan hushlarini yo`qotish darajasiga borganlar ham yo`q emas.
Ayrim insonlar koronavirusga qarshi qo`llanilayotgan vaksinalarga nisbatan salbiy fikrda. Bu holat, istaysizmi yoki yo`q, ruhiyatga ta`sir qilishi muqarrar. Natijada vaksina olish jarayonidan qo`rqqanimiz bois har xil klinik belgilar namoyon bo`ladi. Vaksinadan qancha qo`rqsangiz, shuncha ko`p nojo`ya ta`sirlar o`zini oshkor qilaveradi. Shu sababli ko`pchilikka vaksina oladigan kuni eng avvalo ruxan va ma`nan tayyorlanib kelishlarini maslahat bergan bo`lardim.