Endilikda yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishlari shart emas.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda bo`lib o`tadigan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qo`shimcha imkoniyat yaratildi. Unga ko`ra, talabalar o`z saylov uchastkasini o`zgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin bo`lmoqda.
Masalan, Toshkentda tahsil olayotgan xorazmlik talaba saylov uchastkasini o`zgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.
Fuqarolar o`z saylov uchastkalarini almashtirishlari uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishlari so`ralmoqda.