AsosiyJamiyat

Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatildi

'Samarqandda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 10 iyul kunidagi PQ-4779-son Qaroriga muvofiq respublikada elektrmobillarga xizmat ko`rsatish uchun infratuzilmasi, shu jumladan, zaryadlash stansiyalari va servis markazlarini tashkil etishning rag`batlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

Mazkur Qarorga asosan, Samarqand shahrida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi o`rnatildi. Ma`lum bo`lishicha bu shaharda joylashgan 89-sonli "Samarqand-2" nomli AYoQShda elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi bo`ldi.  

"Endi samarqandlik elektromobil egalari Samarqand shahar Rudakiy ko`chasi 145-uy manzilida joylashgan "O`zbekneftgaz" AJ "UNG Petro" korxonasiga qarashli AYoQShda o`rnatilgan qurilmadan uzluksiz foydalanishlari mumkin", deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmalari samarali ishlashi to`liq ta`minlangan holda, kelgusida Respublikaning barcha hududlarida yo`lga qo`yiladi.

Boshqa yangiliklar