AsosiyJinoyat

22 ming dollar evaziga er olishda yordam qilishni vada qilgan fuqaro qo`lga olindi

'22 ming dollar evaziga er olishda yordam qilishni vada qilgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

22 ming dollar evaziga er olishda yordam qilishni vada qilgan fuqaro qo`lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.

O`tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Qurilish bosh boshqarmasi nazorat bo`yicha inspektori Sh.D. fuqarolar G`. va R.ning ishonchiga kirib, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun parrandachilik kompleksi qurishda tanishlari orqali 22 000 AQSh dollari evaziga Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani hududidan er maydoni olib berishni va`da qilib, oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar