O`zbekiston hududida yashovchi qaysi fuqarolarga muddatidan avval ovoz berish imkoni berilgan?
Xalqaro press klubning saylov jarayonlari bilan bog`liq mavzuda bo`lib o`tayotgan yig`ilishida Markaziy saylov komissiyasi rahbari o`rinbosari Bahrom Qo`chqorov ushbu savolga javob berdi, deya xabar bermoqda darakchi.uz muxbiri.
"Saylov kunida fuqarolar o`z yashash joylaridagi saylov uchastkalarida bo`lmasliklari mumkin.
Fuqarolar xizmat safarida bo`lsa, yoki zarur ishlari bilan saylash joylaridagi hududlarida bo`lmagan taqdirlarida saylovdan 10 kun oldin, yoki boshlanishiga 3 kun qolgan vaqtgacha muddatidan avval ovoz berish huquqlari bor", — deydi Bahrom Qo`chqorov.