AsosiyJinoyat

Sergeli tumanidagi shirkat rahbari xonadon egalaridan undirilgan 431 mln. so`mni "eb yubordi"

'Sergeli tumanidagi shirkat rahbari xonadon egalaridan undirilgan  431 mln. so`mni "eb yubordi"'ning rasmi

Sergeli tumanidagi shirkat rahbari  xonadon egalaridan undirilgan  431 mln so`mni "eb yubordi". Bosh prokuratura huzuridagi Departament mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, tumandagi “S”. va “G.T.” xususiy uy joy mulkdorlari shirkati rahbari L.R. 2018 yildan 2021 yilning sentyabr oyiga qadar ushbu shirkatlarga qarashli xonadon egalaridan undirilgan jami 431 mln so`m badal to`lovlarini shirkatlarga kirim qilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda", – deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar