1

Namanganlik erkakni o`zidan 15 yosh katta bo`lgan shar`iy nikohidagi ayolning o`g`li pichoqlab tashladi

Jinoyat 18.09.2021, 19:54
Namanganlik erkakni o`zidan 15 yosh katta bo`lgan shar`iy nikohidagi ayolning o`g`li pichoqlab tashladi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu mudhish voqea 2021 yil 15 sentyabr kuni soat 00:30 larda, Chust tumanida sodir bo`lgan. 

Tumanda yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro shar`iy nikohida bo`lgan, 1976 yilda tug`ilgan ayol bilan uning yashash uyida o`zaro janjallashib qolishadi. Shu paytda, ayolning 2002 yilda tug`ilgan o`g`lini jahli chiqib, oshxonada bo`lgan pichoqni olib chiqib, o`gay otasining qorin qismi o`ng tomoniga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.

Ushbu holat bo`yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentyabr` kuni O`z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1