1

Farg`onda ichki ishlar xodimlariga ikki nafar fuqaro bolta va pichoq bilan tan jarohati etkazdi (video)

Jinoyat 20.09.2021, 08:04
Farg`onda ichki ishlar xodimlariga ikki nafar fuqaro bolta va pichoq bilan tan jarohati etkazdi (video)

Farg`ona shahrida ham pichoq bilan IIO xodimiga tashlanib, uni kaltaklagan shaxs ushlandi. Jinoyatchilarning ikkisi ham qamoqqa olingan.

Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, joriy yilning 8 sentyabr kuni Farg`ona shahridagi dehqon bozori yaqinida avtomashina piyodalar yo`lakchasida ketayotgan ayollarni turtib, ularga tan jarohati etkazgan.

Shundan so`ng, IIO xodimlari ayollarga yordam ko`rsatayotganda shu atrofda sotuvchilik qiluvchi shaxs xodimlar ishiga noo`rin aralashib, ularni haqorat qilgan.

Bundan tashqari, u shu hududdagi do`kondan oshxona pichog`ini olib, xodimlarning biriga tan jarohati etkazgan.

Qayd etilishicha, shu kuni Qo`qon shahrida ham ushbu holat o`xshash hodisa yuz berdi.

Shahardagi ko`chada mast holdagi shaxs janjal ko`tarayotgan vaqtida profilaktika inspektori o`zining yordamchisi bilan fuqaroni tinchlantirish maqsadida voqea joyiga etib borgan.

Ammo, mast fuqaro inspektorning qonuniy talabiga bo`ysunmay, qo`lidagi bolta bilan inspektorga tan jarohati etkazgan.

Huquqbuzarning aytishicha, u qizi bilan janjallashayotgan vaqtda inspektor ularni ajratib, mast otani olib ketmoqchi bo`lgan.

Ayni vaqtda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1