1

Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi moddalar noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Jinoyat 21.09.2021, 20:28
Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi moddalar noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

15 sentyabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti vakillari bilan birga Cho`ponota ko`chasida joylashgan dorixonada kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi faktini aniqlashdi.

Ashyoviy dalillar sifatida 138 ta “Regapen” tabletkalari, 94 ta “Zardeks”, 10 flakon “Tropikamid” va 99 ta tabletka “Selofen” olib qo`yildi. Suhbat davomida dorixona ishchilari 19 yoshli Muhammadqodir Z. va 23 yoshli Orifjon L.lar ularga bu dorilarni sotish uchun 36 yoshli Olim U. berganini ma`lum qilishdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1