1

Kuchli ta`sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jinoyat 22.09.2021, 11:25
Kuchli ta`sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi  Departamentning Chilonzor tuman bo`limi hamda IIV Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “Y.P.” MChJ norasmiy sotuvchilari O.L va M.Z.lar 2 dona “Regapen” nomli dori vositasini xaridorga 40 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, MChJ ga qarashli dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 140 dona “Regapen”, 94 dona “Zardeks”, 99 dona “Selofen” va 10 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Y.P” MChJ dorixona norasmiy sotuvchisi F.X. 28 dona “Regapen” hamda 4 dona “Tropikomid” nomli dori vositalarini xaridorga jami 1 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1