Samarqandda tanishiga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uydan olib berishni va`da qilgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.
Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.A. tanishi R.ning ishonchiga kirib, unga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beriladigan uylardan birini o`zining vakolatli tanishlari orqali olib berish evaziga 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.