AsosiyJamiyat

Ombudsman Sankt-Peterburgdagi saylov jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etdi

'Ombudsman Sankt-Peterburgdagi saylov jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etdi'ning rasmi

Ombudsman 3 kunlik tashrif davomida Sankt-Peterburgning Kronshtadt, Kalinin va Markaziy (avvalgi Dzerjinsk, Kuybshev va Smolninsk tumanlarining birlashuvi) tumanlarida bo`lib 15 dan ortiq uchastka saylov komissiyalari hamda 20 ga yaqin xududiy saylov komissiyalarida yaratilgan sharoitlar, saylov jarayonlarining borishi bilan tanishdi.

Jumladan, 18-19 sentyabr kunlari Ombudsman F.Eshmatova Kalinin va Markaziy tumanlaridagi ma`muriyat rahbarlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida mazkur saylov jarayonlarida nogironligi bo`lgan shaxslarning ovoz berishi uchun maxsus shart-sharoitlar yaratishga katta e`tibor qaratilgani hamda ovoz berish jarayonlari ham barcha talablarga qat`iy rioya qilgan holda tashkil etilgani hamda saylov komissiyalari a`zolarining tibbiy xavfsizligini ta`minlash nuqtai nazaridan ularning aksariyati koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangani ta`kidlangan.

Uchrashuvlardan so`ng, bir necha tumanlardagi qator saylov komissiyalarining faoliyati ko`zdan kechirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar