1

Qidiruvda bo`lgan va giyohvandlik vositasi olib yurganlar qo`lga tushdi

Jinoyat 27.09.2021, 08:27
Qidiruvda bo`lgan va giyohvandlik vositasi olib yurganlar qo`lga tushdi

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati kecha, 25 sentyabr kuni Toshkent shahrida yonida giyohvand modda olib yurgan hamda qidiruvda bo`lgan shaxslar qo`lga tushgani haqida ma`lumot berdi

Ma`lum qilinishicha, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida Spark rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda 1988 yilda tug`ilgan haydovchi Sh.B. ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan YPX xodimlarda shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida avtomobil old o`rindig`ining chap yonidan shokolad qog`oziga solingan, paketga o`ralgan, jigar rangli, o`tkir hidli saqichsimon modda topilgan.

Xabarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Sh.B. va topilgan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Bundan tashqari, Chilonzor tumanida 2021 yil 13 avgustdan buyon qidiruvda bo`lgan shaxs ushlangan. Soat 18:00 da Captiva rusumli avtomobil to`xtatilib, tekshirilganda 1985 yilda tug`ilgan haydovchi Ya.M. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Ya.M. Chilonzor tumani IIO FMB JQBga topshirilgan.

Shuningdek, soat 16:30 da Bektemir YPX maskanida 1983 yilda tug`ilgan haydovchi Q.J. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda haydovchining xatti-harakatlari YPX xodimlarida shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchining hamyonidan jigar rangli, o`tkir hidli, kukunsimon modda topilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1