1

Toshkentda fuqaroga 1 gektar er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 27.09.2021, 10:18
Toshkentda fuqaroga 1 gektar er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yunusobod tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqarolar S.U. va B.A.lar fuqaro D.ga 200 000 AQSh dollari evaziga Toshkent viloyati, O`rmon xo`jaligi tasarrufidagi 1 gektar er maydonini vakolatli  tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni va`da qilib, oldindan kelishilgan pulning 10 foizini hisoblab 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1