AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatidagi mavjud muammolarni birma-bir sanadi

'Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatidagi mavjud muammolarni birma-bir sanadi'ning rasmi

O`tgan besh yilda Namangan viloyatida mahalliy sanoat qariyb 2 barobarga o`sgan, jami 277 ming nafar yangi ish o`rinlari yaratilgan va bu mamlakatimizda eng yaxshi ko`rsatkichlardan biri. Bu haqda Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi, deya xabar beryapti “Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.  

Shu bilan birga:  

- Namangan viloyatidagi eng dolzarb masala – 127 mingdan ziyod aholi ishsiz;  

- har yili mehnat bozoriga qo`shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda;  

- 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas;  

- Mingbuloq, Kosonsoy, To`raqo`rg`on, Pop va Chustda ichimlik suvi ta`minoti darajasi juda past, 27  ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman ta`minlamagan;  

- birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga etishi hisobiga, qo`shimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud;  

- qishloq va suv xo`jaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo`rg`onda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xo`jaligi erlari ishlatilmayapti;  

- viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor;  

- Namangan shahri (47 foiz), Chortoq (53 foiz) va Kosonsoyda (54 foiz) maktabgacha ta`lim qamrovi juda past (viloyatda 68 foiz). Ayniqsa, 58 ta mahallada bog`cha umuman yo`q;  

- viloyatdagi 37 ta maktab quvvatiga nisbatan 2 barobar ko`p yuklama bilan ishlamoqda.

Tashrif davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar