1

Qashqadaryoda ota 2 yoshli o`g`lini urib, komaga tushirib qo`ydi

Jinoyat 28.09.2021, 11:08
Teglar: Qashqadaryo
Qashqadaryoda ota 2 yoshli o`g`lini urib, komaga tushirib qo`ydi

Qashqadaryoda ota 2 yoshli o`g`lini urib, komaga tushirib qo`ydi. Bu bilan bog`liq xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va e`tirozlarni avj oldirdi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 25 sentyabr kuni viloyat IIB 102-operatoriga Dehqonobod tumani Terakli MFYda yashovchi uy bekasi J.S. qo`ng`iroq qilib, voyaga etmagan o`g`li E. X.ni bolani otasi D.Sh. urib tan jarohati etkazganligi va o`g`li RShTYoIM Qashqadaryo filialining jonlantirish bo`limida davolanayotganligini ma`lum qilgan.

Mazkur xabar Dehqonobod tuman IIBda 25.09.2021 yilda qayd qilingan. 

"Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", – deyiladi xabarda.

Shuningdek bolaning yaqinlari holat tafsilotlarini "Nasafnews"ga so`zlab berdi.

"2 nafar farzandliman. Turmush o`rtog`im 2 ta maktabda dars beradi. Voqea sodir bo`lgan kuni soat 4 yoki 5 atrofida ishdan qaytdi. Ikki bolamning birovi beshikda edi. Birovi erda edi. Men erim qarab turadi deb o`ylab, tashqariga chiqdim va mollarga qaradim.  

20 daqiqa ichida bolamni otasi urib, ko`zini ko`r qilib, maz surtgan. Ikki ko`zini rosa ko`rmaydigan darajaga olib kelgan. Bo`g`ib, boshiga qattiq urgan. Oldida turgan tikuv mashinasiga urgan, bola otilib ketgan. Keyin ko`rpacha o`rab, hushidan ketkazib, to`g`ri qilib yotqizib qo`yibdi. 

Kirsam, bolam ko`karib, yaxlab qolgan ekan. Ikki soat bolamni hamma joyini uqaladim. O`zim ham qo`rqib qolib, hech kimga chiqib dardimni ayta olmadim.

Ertalab erim ishga ketgandan keyin qaynopamdan iltimos qilib telefon so`radim. Ukamga telefon qilib, uni chaqirdim. Ukam kelib meni va bolamni shifoxonaga olib ketdi. Shundan keyin mahalla raisidan so`rab, Qarshidagi tez yordamga bordik. Shifokorlar ham bolaning ahvoli og`irligini ko`rib, ‘har narsaga tayyor bo`lib turinglar’, deb aytdi", — deya ta`kidlaydi bolaning onasi.

Sharhlar

Qashqadaryoda yashirin sex borligi aniqlandi

22.04.2024, 16:38

Qashqadaryodagi alkagol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo`yildi.  Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv...
Qashqadaryoda shifokor kaltaklandi

20.04.2024, 21:28

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida fuqaro farzandi vafot etganini aytgan shifokorni urdi. Bu haqda “Millar” ko`rsatuvida ma`lum qilindi.Videoda aytilishicha, 2 yoshli bola divandan yiqilib tushib, Shahrisabz shahri bolalar...
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so`mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

29.11.2022, 18:48

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda 3 kunlik firma jami 2.601.000.000 so`mlik issiqxonalar o`rnatishni yutib oldi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holatga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi munosabat bildirdi. Ma`lum qilinishicha,...
Qashqadaryoda kadastr xodimlari 10 oy ichida 1600 dan ziyod er qonunbuzilish holatlarini aniqlashdi

14.11.2022, 09:45

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo`limlari tomonidan o`tgan 10 oy vaqt davomida 1 656 ta holatda 1 647,1 gektar er maydoni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1