AsosiyJamiyat

O`zbekistonda DXA tomonidan 49 ta davlat xizmati bepul ko`rsatilmoqda

'O`zbekistonda DXA tomonidan 49 ta davlat xizmati bepul ko`rsatilmoqda'ning rasmi

Bugun 29 sentyabr kuni AOKAda Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug`bek Muhammadiev va boshqa mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

"Darakchi" muxbirining mazkur yig`ilishdan xabar qilishicha, O`zbekistonda DXA tomonidan 49 ta davlat xizmati bepul ko`rsatilmoqda.

Shuningdek, hududlardagi DXMda 157 turdagi davlat xizmati ko`rsatiladi (4 baravarga oshgan);

  • 49 ta davlat xizmati bepul ko`rsatilmoqda;
  • Talab etiladigan hujjatlar soni 95 taga kamaytirildi, xizmat ko`rsatish muddati 228 kunga qisqartirildi;
  • Tadbirkorlik sohasida lisenziya, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartiblarini amalga oshirish imkonini beruvchi «Lisenziya» axborot tizimi ishlab chiqilib, faoliyati yo`lga qo`yildi;
  • 18 turdagi ma`lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi;
  • davlat xizmatlaridan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to`langan to`lovlar soddalashtirilgan tartibda bir ish kuni ichida qaytarilishi yo`lga qo`yildi;
  • 8 ta Davlat xizmatlari uchun undiriladigan davlat bojlari, yig`imlar va boshqa to`lovlar miqdori kamaytirilmoqda;
  • 59 turdagi davlat xizmatlarining muddatlari qisqartirilmoqda;
  •  15 turdagi ma`lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar