Avvalroq, O`zbekistondagi Oliy ta`lim muassasalarida super kontraktning minimal miqdorlari belgilangani haqida xabar bergan edik.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining xabar berishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta`lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi.
"Ko`pchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta`lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta`lim shakli bo`yicha bazaviy to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022 o`quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to`lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi",–deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston OTMlarining 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt puli miqdorlari quyidagicha belgilangan edi.