AsosiyJamiyat

Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi

'Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi'ning rasmi

Andijonda bo`lib o`tayotgan yig`ilishda Shavkat Mirziyoev viloyatdagi ta`lim sohasini kutayotgan yangiliklar haqida ham to`xtalib o`tdi. 

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan ma`lum qilishicha, 2010 yilda tugatib yuborilgan Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etiladi. Bundan tashqari, viloyatda yana 4 ta xususiy oliy ta`lim muassasasi tashkil etiladi. Natijada, oliy ta`lim qamrovi 23 foizdan 50 foizga oshadi. 

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida 7 ming o`rinli 16 talabalar turar-joylari ham quriladi.

Viloyatda kelgusi besh yilda 1 ming 100 ta davlat, davlat-xususiy sheriklik va oilaviy bog`chalar tashkil etish hisobiga, maktabgacha ta`lim qamrov darajasi 69 foizdan 78 foizga etkaziladi.

Kelgusi besh yilda 33 ta yangi maktab quriladi, 145 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta`mirlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar