AsosiySalomatlik

Sirdaryolik onkologlar 160 dan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi

'Sirdaryolik onkologlar 160 dan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali shifokorlari onkologik kasalliklar bilan og`riyotgan bemorlarni davolash, ularni umr ko`rish davomiyligini uzaytirish maqsadida Chexiya davlatida ishlab chiqarilgan, qiymati 1 million 400 ming AQSh dollari bo`lgan “KOBOLT-80” gamma-nur terapiya apparati olib kelib o`rnatilgan edi.

E`tiborlisi, sirdaryolik onkologlar qisqa vaqt ichida ushbu tibbiy uskuna yordamida onkologik kasalliklarga chalingan 160 nafardan ortiq bemorga distansion nur terapiya muolajalarini o`tkazdi.

Bundan tashqari, muassasaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, bemorlarga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, turi va ko`lamini yanada kengaytirish maqsadida 5 milliard so`mdan iborat 16 turdagi 22 ta tibbiy asbob-uskuna keltirildi.

Bu esa shifokorlar ishini engillatib, kasalliklarni barvaqt aniqlash va o`z vaqtida davolash imkonini bermoqda.  

Xususan, ayni paytda ko`krak qafasi, qorin bo`shlig`i, qo`l va oyoq sohasidagi yuqori texnologik operasiyalar ana shu ilg`or texnologiya imkoniyatlaridan foydalanilgan holda shu erning o`zida mahalliy onkolog mutaxassislar tomonidan o`tkazilmoqda.

Bemorlarning ovora-yu sarson bo`lib, uzoqqa borishlariga, davo muolajalari olish uchun navbatda turishlariga sira hojat qolmadi. Ular o`z salomatliklarini shu erning o`zida tiklashi mumkin.  

Buning uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar