AsosiyJamiyat

Namanganda huquq-tartibot xodimi ayol kishiga qo`l ko`targanligi aytilmoqda. Holat Prokuratura nazoratiga olindi (video)

'Namanganda huquq-tartibot xodimi ayol kishiga qo`l ko`targanligi aytilmoqda.  Holat Prokuratura nazoratiga olindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Namanganda ayol kishiga zo`ravonlik qilingani aks etgan video tarqaldi

"Muxbir Daliyev" telegram kanalida mazkur videoga izoh qoldirildi. 

Unda qayd etilishicha, holat Namanganda yuz bergan.

"Ayollarga zo`ravonlik qilish jamiyatimizning bir qusuri bo`lsa, tomoshabin bo`lib turish ikkinchi qusuri. Mayli haqorat qilgandir. Ammo ojizligini bilib turib unga kuch ishlatish yaxshi emas. 

Murojaat qilishlaricha, ushbu ayolga kuch ishlatgan shaxs prokuratura xodimi deyilmoqda. Voqea Namanganda bo`lgan.  Bu huquqbuzarlik nima bilan tugagani ma`lum emas. Jamiyatda huquqbuzarliklar o`rmon qoidalari bilan emas davlat qonunlari asosida echim topilishi tarafdorimiz",–deyiladi xabarda.

Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bu borada quyidagilarni ma`lum qildi.

""Muxbir Daliyev" telegram kanalida Namanganda prokuratura xodimi deb tahmin qilingan shaxs ayolga kuch ishlatgani haqida videoxabar chiqarilgan. Unda ko`rsatilgan holat Bosh prokuratura tomonidan o`rganib chiqilmoqda.  Natijasi haqida xabar qilinadi",—deyiladi Shamsutdinov xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar