Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi

Salomatlik 04.10.2021, 20:06
Teglar: Prezident qarori
Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi

“Xirurgiya xizmatini transformasiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Unda aholiga yuqori malakali jarrohlik yordamini ko`rsatish sifatini oshirish, hududlarda kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy qilish, xirurgiya yo`nalishidagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohada ilm-fanni rivojlantirish maqsadida xirurgiya xizmatini transformasiya qilishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Unga ko`ra:

  • akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat, tuman (shahar) birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalari o`rtasida uzviy bog`liqlikni ta`minlash;
  • tuman (shahar) va hududlar darajasida kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etish;
  • Xirurgiya markazida transplantasiya amaliyotlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda keng joriy etish;
  • xirurg, anesteziolog, reanimatolog, nefrolog va boshqa mutaxassislarning salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oshirishi va stajirovka o`tashini tashkil etish, zamonaviy simulyasion markazda mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish;
  • xirurgiya yo`nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish;
  • aholiga malakali xizmatlarni ko`rsatish maqsadida Xirurgiya markazi, uning filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimasiya bo`limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilandi.

Sharhlar

Endilikda tomorqa er egalariga kredit ajratiladi

17.12.2021, 09:55

“Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 16.12.2021 y.) qabul qilindi.Qarorga ko`ra, Fermer, dehqon xo`jaliklari...
O`zbekistonda ehtiyojmand, chin etim va og`ir kasal bolalarga yordam ko`rsatuvchi fond tashkil qilinadi

05.10.2021, 13:03

O`zbekiston Prezidentining “Bolalarni qo`llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Axborot agentligi xabar bermoqda. Qarorga ko`ra, quyidagilar Bolalar...
Hududlarda xirurgiya markazi filiallari uchun 42,5 milliard so`m ajratiladi

04.10.2021, 20:30

“Xirurgiya xizmatini transformasiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirish  chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, bolalarda tug`ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo`l bilan davolashni...
2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasi ishga tushiriladi

12.08.2021, 23:33

Prezident qaroriga ko`ra, ushbu platforma:tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida xizmatlarni axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida ko`rsatish bo`yicha maxsus elektron dasturiy ta`minot hisoblanadi;protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilish texnik vositalariga muhtoj...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1