1

Hududlarda xirurgiya markazi filiallari uchun 42,5 milliard so`m ajratiladi

Salomatlik 04.10.2021, 20:30
Teglar: Prezident qarori
Hududlarda xirurgiya markazi filiallari uchun 42,5 milliard so`m ajratiladi

“Xirurgiya xizmatini transformasiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirish  chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga ko`ra, bolalarda tug`ma yurak nuqsonlarini endovaskulyar yo`l bilan davolashni keng joriy etish, ularni qisqa vaqt ichida to`liq sog`lomlashtirib, nogironlikdan chiqarish maqsadida:

2021 yilda yurak nuqsonlarini davolash uchun mo`ljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablag`lar doirasida 10 milliard so`m ajratiladi;

2022 yildan boshlab esa ehtiyojdan kelib chiqib har yili o`rtacha 2 500 ta okklyuder xarid qilish uchun Davlat byudjetidan zarur mablag`lar yo`naltiriladi.

Bundan tashqari, Davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlarning qo`shimcha manbalaridan teng ulushda:

2021 yilda Xirurgiya markazi filiallarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 42,5 milliard so`m mablag` ajratish;

2022–2023 yillarda tumanlararo qo`shma shikastlanish va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilmagan 26 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining xirurgiya, anesteziologiya-reanimasiya bo`limlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 71,4 milliard so`m yo`naltirish belgilandi.

Davlat byudjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablag`lar joylarda kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini joriy etish natijasida tejaladigan mablag`lar hamda xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit va grant mablag`lari hisobiga ajratiladi.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimasiya bo`limlarini asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun Davlat byudjetidan tegishli mahalliy byudjetlarga qaytarish sharti bilan byudjet ssudasi beriladi.

Sharhlar

Endilikda tomorqa er egalariga kredit ajratiladi

17.12.2021, 09:55

“Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 16.12.2021 y.) qabul qilindi.Qarorga ko`ra, Fermer, dehqon xo`jaliklari...
O`zbekistonda ehtiyojmand, chin etim va og`ir kasal bolalarga yordam ko`rsatuvchi fond tashkil qilinadi

05.10.2021, 13:03

O`zbekiston Prezidentining “Bolalarni qo`llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Axborot agentligi xabar bermoqda. Qarorga ko`ra, quyidagilar Bolalar...
Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi

04.10.2021, 20:06

“Xirurgiya xizmatini transformasiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.Unda aholiga yuqori malakali jarrohlik yordamini ko`rsatish sifatini...
2022 yil 1 mayga qadar «Ijtimoiy xizmat» elektron platformasi ishga tushiriladi

12.08.2021, 23:33

Prezident qaroriga ko`ra, ushbu platforma:tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida xizmatlarni axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida ko`rsatish bo`yicha maxsus elektron dasturiy ta`minot hisoblanadi;protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilish texnik vositalariga muhtoj...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1