1

Sirdaryoda mahalladoshlarning o`zaro janjali o`lim bilan yakun topdi

Jinoyat 05.10.2021, 20:16
Sirdaryoda mahalladoshlarning o`zaro janjali o`lim bilan yakun topdi

Ma`lum bo`lishicha, Sirdaryo viloyati “Ulug`bek” mahallasi “Shafoat” ko`chasida yashovchi  Shorasul va  Sunnat  yog`och ustunlarni bo`lisholmay o`zaro janjallashib qolishadi.

Yuzaga kelgan bu kelishmovchilik mahalladoshlar orasida uzoq vaqt davom  etadi.

Kunlarning birida galdagi tortishuvida jahlni o`z vaqtida jilovlay olmagan  Shorasul Sunnatning o`ng oyog`iga oshxona  pichog`i bilan  tan jarohat etkazadi. Otaga hamroh bo`lgan  Sunnatning o`g`li Zuhriddin qo`lidagi temir quvur bilan Shorasulning bosh miya qismiga qasddan uradi. Oqibatda, Shorasul  bosh miya ochiq tan jarohati bilan jonlantirish bo`limiga yotqiziladi. Shifokorlarning ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo`limida vafot etadi.

Mazkur holat  yuzasidan hozirda  tergov jarayonlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1