AsosiyJinoyat

“Narxoz” sobiq prorektori qidiruvga berildi

'“Narxoz” sobiq prorektori qidiruvga berildi'ning rasmi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiev qidiruvga berildi.

U firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.   

Unga asosan, Nodir Idiev 1972 yil 26 fevralida Buxoro shahrida tug`ilgan. Toshkent shahar Shayxontoxur tumani Xurshid ko`chasi 10 A-uy, 36-xonada yashagan. 

Qayd etilishicha, u firibgarlik jinoyatini sodir qilib, sud-tergov organlaridan yashiringanligi sababli Buxoro shahar IIO FMB tomonidan qidirilmoqda. 

"Ushbu shaxsning yashiringan joyini aniqlashda amaliy yordam ko`rsatgan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi hamda pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi", - deyiladi xabarda. 

Murojaat uchun quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qilish so`ralmoqda: 

(65) 222-59-00;

 (65) 222-89-50; 

(98) 274-93-33;

 (97) 301-44-41 telefon raqamlari yoki 102-qisqa raqami.

Boshqa yangiliklar