AsosiyJinoyat

Andijonda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Andijonda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda fuqaro O.K. fuqaro O.ga o`zini go`yoki Ispaniya davlatida faoliyat yurituvchi bankning O`zbekiston Respublikasidagi vakili sifatida tanishtirib, unga tadbirkorlik faoliyati uchun mazkur bankdan 200 000 AQSh dollari imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 6 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.K. muqaddam fuqarolar K. va Q.ning ham shu yo`sinda 21 500 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar